Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyadagi eng mashhur gazeta o‘quvchilari Makronga ishonchsizlik bilan qaramoqda
Fransiyaning Figaro gazetasi o‘quvchilarining yarmidan ko‘pi, mamlakat prezidenti uchun bo‘lib o‘tgan saylovlarda g‘alaba qozongan Emmanuel Makron haqiqatdan ham yaxshi davlat rahbari bo‘la olmaydi, deya hisoblamoqda.
Gazeta saytida joylashtirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, so‘rovda ishtirok etgan 19,7 ming ishtirokchining 55 foizi “Makron yaxshi prezident bo‘ladi, deb hisoblaysizmi?” degan savolga “yo‘q” deya javob qaytargan. Ijobiy javobni 45 foiz respondent berdi.
So‘rovnoma ovoz berishning ilk natijalari e'lon qilinganidan ikki soat o‘tib, saytda joylashtirildi.
Yakshanba kuni Fransiya prezidenti uchun saylovlarning ikkinchi turi bo‘lib o‘tdi. 34 millionta byulletenning (95 foiz) hisob-kitobi natijalariga ko‘ra, Makron 65,48 foiz ovoz to‘pladi, Le Pen esa - 34,52 foiz.
Mavzuga oid
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
14:17 / 11.06.2026
Makron: Zelenskiy G7 sammitida ishtirok etadi
10:08 / 11.06.2026