Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda shaxtadagi favqulodda vaziyat tufayli 18 kishi halok bo‘ldi
Xitoyda ko‘mir shaxtasidagi favqulodda vaziyat tufayli 18 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda "Sinxua" axborot agentligi xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, falokat Sichuan viloyati, Yusyan uyezdidagi Xuanfentsyao posyolkasida 7 may kuni yuz bergan. Shaxtada zaharli gaz sizib chiqqan. Voqea yuz bergan vaqtda yer ostida 55 konchi bo‘lgan. Qutqaruvchilar ulardan 37 nafarini sirtga olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Ular shifoxonalarga yetkazilganlar. Konchilar zaharli gazdan zaharlanganlar.
Voqea joyida mutaxassislar ishlashmoqda, ular gazning kelib chiqishini aniqlashtirishmoqda. Politsiya voqea uchun javobgar bo‘lganlarni qo‘lga olgan.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026