Emmanuel Makron Fransiyadagi prezidentlik saylovlarida ğolib çiqib, Yevropa ittifoqidan çiqiş böyiça rejalar va musulmon davlatlardan bölganlarning hukumat tepasiga “ultraönglar” kelişi mumkinligi borasidagi taşvişini yöqqa çiqardi. Arab OAVda ovoz beriş yakunlaridan söng aynan şu masala boş mavzuga aylandi.

Londonda çiqariluvçi Saudiyaning “Al-Hayot” gazetasi Makronning saylovdagi ğalabasini - “Yevropadan bölgan nomzodning” ğalabasi, deb atadi. Naşr jurnalistining sözlariga köra, Bryussel avvaldan yoş siyosatçining ğalabasiga umid qilgan, sababi “Milliy front” partiyasidan nomzod Marin Le Pen “Fransiya çegarasini qulflab qöyiş” bilan tahdid qilgandi. Naşrning fikriça, Makron muvaffaqiyati, Buyuk Britaniyaning YeIdan çiqişidan söng integratsiya yölini tanqid qilganlarga javob böldi.

Saudiyaning boşqa bir gazetasi - "Aş-Şarq Al-Ausat" ham Fransiyadagi saylovlarga bağişlangan maqola e'lon qildi.

"Fransiya Makronni tanlab, populizmni rad etdi va Yevropa Ittifoqida qoliş istagida ekanini ma'lum qildi. Le Penda aynan ittifoqdan çiqiş harakati bölgandi", - deyiladi naşr maqolasida.

“Ultraönglarning” Yevropada hukumat tepasiga kelişi tahdidi

“Al-Jazira” telekanali saytida esa Makronning ğalabasi borasidagi yangilik tagida qoldirilgan izohlarda Yevropada “ultraöng” siyosiy partiyalar kuçayib ketayotgani borasida taşvişlar bildirilgan.

"Bu Yevropa va dunyoda öng ekstremistlarning populistik safsatabozligi va irqçiligiga yakun", - deya yozgan sayt öquvçilaridan biri.

"Makron – moliyaviy elitalar, banklar va kompaniyalar vakili, u kambağallarga heç narsa bermaydi, biroq bu Le Pendan yaxşiroq", - deya javob qaytargan Qatar telekanali saytining boşqa bir foydalanuvçisi.

Bayrut universiyeti professori Ali Murodning sözlariga köra, Fransiyadagi saylovlar arablar uçun AQŞdagi saylovlardan söng ikkinçi örinda turadi. Uning aytişiça, Fransiyada röy berayotgan barça voqea-hodisalar Yevropadagi boşqa davlatlarga ham ta'sir körsatişi mumkin, “arab va islom mamlakatlaridan çiqqanlarda esa öng radikallarning butun Yevropa böylab hukumat tepasiga kelişi borasida xavotir bor”.

"Mening fikrimça, “Milliy front” partiyasidan bölgan nomzod Marin Le Penning ovoz berişning ikkinçi turiga ötişi arab mamlakatlaridan bölgan fuqarolarda haqiqiy taşvişga sabab böldi, ular siyosiy masalalar bilan köproq qiziqa boşladilar", - deya aytib ötgan siyosatşunos.