Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergey Lavrov AQShga amaliy safar uyushtiradi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov erishilgan kelishuvlarga ko‘ra 9-11 may kunlari AQShga amaliy safar uyushtiradi, deb ma'lum qilindi Rossiya tashqi ishlar vazirligida.
"10 may kuniga Vashingtonda AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan muzokaralar o‘tkazilishi belgilangan, ular davomida dolzarb xalqaro muammolar va ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari bo‘yicha fikrlar almashish ko‘zda tutilgan. Sergey Lavrov Ferbenksda Arktika kengashining vazirlik uchrashuvida ishtirok etadi", deyildi xabarda.
AQSh davlat departamenti ham shu haqda xabar bergan.
"Davlat kotibi Tillerson Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan Vashingtonda 10 may kuni Ukraina, Suriya va ikki tomonlama masalalarni muhokama qilish uchun uchrashadi", deb aytilgan AQSh davlat departamenti xabarida.
Mavzuga oid
09:02
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026