Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev Rossiyada qirg‘iz migrantlarga bo‘lgan salbiy munosabat haqida gapirdi
«Afsuski, Rossiyada so‘nggi yillarda ksenofobiya, birodar xalqlar o‘rtasida dushmanlik kayfiyatini uyg‘otayotganlar ovozi baland eshitilib bormoqda», - deya ma'lum qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev G‘alaba kuniga bag‘ishlangan mitingda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, taniqli rus yozuvchisi Mixail Veller bir necha yil avval jurnalistlarga bergan intervyusida skinxedlarni qo‘llab-quvvatlagan, hamda ular rus davlatini himoyasi bo‘yicha funksiyani o‘ziga shunchaki olayotgani haqida ma'lum qilgandi. Ya'ni skinxedlar yuzlab himoyasiz kishilar, jumladan bolalarni ham o‘ldirib, ma'lum bo‘lishicha, Rossiya manfaatlarini himoya qilishayotgan ekan», - degan davlat rahbari.
Sankt-Peterburgdagi so‘nggi fojiadan keyin esa alohida rus siyosatchilari va OAV Qirg‘izistondan bo‘lgan migrantlarga qarshi ochiqdan-ochiq chiqishmoqda.
«Masalan, davlat Dumasi deputati Konstantin Zatulin «Rossiya-1» telekanali efirida Qirg‘izistondan bo‘lgan migrantlarga qattiq choralar ko‘rishga chaqirdi, uning fikricha, qirg‘izlar – o‘zgalar, ular Rossiyada tarixan yashab kelayotgan xalqlar ichiga kirmaydi. Men o‘sha ko‘rsatuv boshlovchisiga Zatulinga munosib javob qaytargani uchun minnatdorman», - deya ta'kidlab o‘tdi prezident.
Mavzuga oid
10:03 / 11.07.2026
Rossiyada BMW ruxsatsiz yig‘ilayotgani aytildi
09:19 / 11.07.2026
Rossiya Azov-Don kanali orqali kemalar harakatini chekladi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
20:21 / 10.07.2026