Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bugun katta mushakbozlik bo‘lib o‘tadi

Foto: Pix.uz
Toshkentda bugun uzoq vaqt ichida ilk bora ulkan bayram mushakbozligi bo‘lib o‘tadi. Albatta, 9 may kuniga salyutlar avval ham otilgan, biroq Mudofaa vazirligi joriy yilda qandaydir o‘zgacha kayfiyat berishni maqsad qilgan.
An'anaga ko‘ra, salyutlar Alisher Navoiy nomidagi bog‘da soat 21:00 da otiladi.
Bundan tashqari, bugun mamlakat ko‘chalari va maydonlarining katta qismi Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan plakat va stendlar bilan bezaldi. Shuningdek, har bir tumanda Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi kompozitsiyalar installyatsiyasi bilan bog‘liq tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Poytaxtdagi bog‘larning deyarli har birida urush yillari musiqasi qo‘yilgan hamda har bir istovchi o‘sha davrdagi harbiy libosda bo‘lgan qizlar va o‘smirlar bilan suratga tushishi mumkin.
Mavzuga oid

18:05
Toshkentning ayrim ko‘chalarida tezlikni 80 km/soatgacha oshirish rejalashtirilmoqda

14:06
Toshkentning Bektemir tumanidagi ko‘pqavatli uyda yong‘in yuz berdi

12:28
Toshkent viloyatida yangi aeroport uchun joy qidirilmoqda

07:12