Toşkent şahrining beşta köçasida avtomobillar uçun tezlik çeklovini oşiriş rejalaştirilmoqda. Bu haqda xalq deputatlari şahar kengaşining 12 avgust kungi yiğilişida poytaxt Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi boşliği örinbosari Elmurod Alimov ma’lum qildi.
“Toşkent şahrining Bunyodkor, Sebzor, Ahmad Doniş hamda Toşkent halqa yöli va Yangi Özbekiston köçalarida transport vositalari uçun çeklangan yuqori tezlik 80 kilometrga özgartiriş taklifini beryapmiz”, – deya Alimovning sözlarini keltirdi Gazeta.uz.
Deputatlardan biri yangi tezlik çegarasi qaçon kuçga kirişini söradi. “Hokimlik va mutasaddi taşkilotlarga taklif kiritdik, e’lon qilamiz”, – deya javob berdi YHXB rasmiysi.

Özbekistonda avtohalokatlardan ölim darajasi yuqoriligi sababli, 2023 yil aprel oyida şaharlardagi tezlik çegarasi 70 km/soatdan 60 km/soatga tuşirilgandi.
Elmurod Alimovning aytişiça, poytaxtning 12 ta köçasida (aniq qaysilari ekani aytilmadi) bir tomonlama harakatlanişni joriy etiş ham taklif qilinmoqda. Bu taşabbus – tirbandlik va YTHlarning oldini oliş va yöl harakati qatnaşçilariga qulaylik yaratiş maqsadi bilan izohlandi.
Şahar YHXB boşliği örinbosari yoz oylarida elektr ta’minotidagi uzilişlar sabab svetoforlar öçib qolayotgani haqida ham gapirdi.
“Buning natijasida svetoforlar işlamay, tartibsizliklar yuzaga kelyapti. 5-6 soat, 8 soat, 2 soatlab şunaqa holat bölyapti. Ya’ni biz şunda nima qilyapmiz? Inspektorlarning jismoniy kuçidan foydalanyapmiz”, – degan Alimov yeçim sifatida markaziy çorrahalarda uzluksiz quvvat manbalarini örnatişni taklif qildi.
“500 ta poytaxtdagi markaziy çorrahalardagi svetofor obektlariga UPS moslamasini örnatiş taklifini beryapmiz. Ya’ni, svet öçib qolgan taqdirda ham özining 5-6 soatga yetadigan quvvati böladi. Svet kelgunça bemalol svetoforimiz işlaşi mumkin”, – dedi u.


















