Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Suriya hukumatiga qarshi sanksiyalar amal qilishini uzaytirdi
Foto:AP Photo / Andrew Harnik
AQSh prezidenti Donald Tramp Suriya hukumatiga qarshi sanksiyalar amal qilishini bir yilga uzaytirdi. Tramp bu qarori haqida AQSh kongressini maxsus maktub orqali xabardor qildi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Vashington 2006-2012 yillarda Suriya hukumati tomondan "AQSh milliy xavfsizligi manfaatlariga, tashqi siyosati va iqtisodiyotiga bildirilgan noodatiy va favqulodda xavf"ga qarshi javob sifatida kiritgan sanksiyalari uzaytirilmoqda.
Tramp bunday xavfli harakatlar qatorida Suriya hukumatining "o‘z fuqarolariga nisbatan qattiqqo‘lligi va jazo qo‘llashlari, kimyoviy va biologik qurolga, ommaviy qirg‘in quroliga ega bo‘lish va uni qo‘llashga intilish, raketa dasturlari, terrorchilik tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash, Iroqni barqarorlashtirish va tiklash bo‘yicha AQSh va xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlarini barbod qilish"ni aytgan.
"AQSh Bashar Asad tuzumi tomondan zo‘ravonlik va inson huquqlari buzilishlarini qoralaydi va Suriya xalqiga nisbatan zo‘ravonlikni to‘xtatishga, jangovar harakatlarni to‘xtatish rejimiga amal qilishga, gumanitar yordamni yetkazishni ta'minlashga, Suriyada siyosiy o‘tishga imkon berishga chaqiradi. Bular katta ozodlik, demokratiya, kelajakdagi imkoniyatlar va adolatga ko‘mak beradi", deyilgan maktub matnida.
Mavzuga oid
09:32 / 21.05.2026
Mindich Zelenskiy ustidan sudga shikoyat qildi
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
22:54 / 25.04.2026
Suriyaning yangi hukumati Rossiyani Xmeymim aviabazasidan chiqarib yubormoqchi
08:50 / 24.04.2026