Jahon | 20:02 / 10.05.2017
5365
1 daqiqa o‘qiladi

Associated Press natsistlar bilan hamkorlik qilganini rad etuvchi bayonotni chop etdi

Foto: AP

Associated Press (AP) axborot agentligi o‘zining Germaniyadagi 1933-1941 yillardagi faoliyati bo‘yicha 160 sahifalik tadqiqotni chop etdi. 

AP AQSh 1941 yilda Ikkinchi jahon urushiga qo‘shilganda Germaniyadan haydab chiqarilgan. Tadqiqot mualliflari axborot agentligi arxivlari va AQShning harbiy hujjatlaridan foydalanishgan.

Tadqiqotga xulosada axborot agentligining Germaniyadagi faoliyati "mustaqil va iloji boricha xolis bo‘lgani" aytilgan.

Biroq mualliflar agentlik ba'zi vaziyatlarda xatolarga yo‘l qo‘yganini qayd qilishgan.

Jumladan, agentlik o‘z suratlarining natsistlar tomondan tashviqot maqsadida qayta chop etilishiga qarshi chiqishi va natsistlikni ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlovchi va uning tarafdorlarini ishga olmasligi mumkin edi.

Hisobot tayyorlanishiga nemis tarixchisi Xarrit Sharnbergning tanqidiy maqolasi sabab bo‘ldi. Tarixchining ta'kidlashicha, axborot agentligi natsistlikni targ‘ibot qilishda ko‘mak ko‘rsatgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid