Associated Press Oq uyga kirish rad etilgani yuzasidan sudga murojaat qildi
Associated Press jurnalistlariga Oq uyga kirish va AQSh prezidenti samolyotiga chiqish taqiqlandi. Bu harakatlar so‘z erkinligini buzadi, deyiladi agentlik da’vosida.

Foto: Getty images
Amerikaning Associated Press (AP) axborot agentligi AQSh prezidenti Donald Trampning uch nafar yuqori martabali yordamchisiga qarshi Oq uyning jurnalistlarning matbuot anjumaniga kirishini cheklash qarori yuzasidan sudga murojaat qildi. 21 fevral, juma kuni Vashingtondagi AQSh okrug sudiga taqdim etilgan da’vo arizasida Oval kabinetga va prezidentning Air Force One samolyotiga kirishning rad etilishi so‘z va matbuot erkinligini kafolatlovchi AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan birinchi tuzatishni buzishi aytiladi.
Sudda ayblanuvchilar Oq uy apparati rahbari Syuzan Uayls, uning o‘rinbosari Teylor Budovich va Oq uy matbuot kotibi Kerolin Livittdir. Agentlik bu qadami bilan «tahririyat mustaqilligi huquqini himoya qilmoqchi» ekanini tushuntirdi. «Qo‘shma Shtatlardagi matbuot va barcha odamlar o‘z so‘zlarini tanlash va hukumat ta’qibiga duchor bo‘lmaslik huquqiga ega», dedi AP.
Merilend shtatidagi Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasi (CPAC)da chiqish paytida da’vo bilan bog‘liq savollarga javob berar ekan, Livitt shunday dedi: «Biz to‘g‘ri pozitsiyani egallaganimizga ishonamiz. Biz har kuni Oq uyda haqiqat va aniqlik mavjudligini ta’minlashga sodiqmiz».
AP jurnalistlariga Oval kabinetga va Trampning samolyotiga kirish taqiqlandi
O‘tgan hafta Associated Press xodimlariga Oq uyning Oval kabineti va AQSh prezidentining Air Force One samolyotiga kirish taqiqlangan edi. Oq uy apparati rahbari o‘rinbosari Budovichning xabar berishicha, bu qaror tahririyat Trampning tegishli farmoniga qaramay, o‘z nashrlarida Meksika ko‘rfazining nomini Amerika ko‘rfazi deb o‘zgartirishdan bosh tortgani munosabati bilan qabul qilingan. «Associated Press Amerika ko‘rfazining geografik nomidagi qonuniy o‘zgarishlarni e’tiborsiz qoldirishda davom etmoqda», — deb yozgan Budovich X ijtimoiy tarmog‘ida agentlikni «noto‘g‘ri ma’lumot tarqatishda» ayblab. Shu bilan birga, u AP jurnalistlari va fotosuratchilari Oq uy majmuasiga tashrif buyurish huquqini saqlab qolishlariga aniqlik kiritdi.
Avvalroq, Google Maps xaritalash xizmati tomonidan AQShdagi foydalanuvchilar uchun Meksika ko‘rfazining geografik nomi Amerika ko‘rfaziga o‘zgartirilgan edi. AQSh Geologiya xizmati ham ko‘rfaz nomini o‘zgartirdi.
Tramp ikkinchi prezidentlik muddatining birinchi kunida nomni o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.
Tavsiya etamiz
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya beriladi
O‘zbekiston | 14:32 / 06.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
Jamiyat | 17:21 / 05.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekistonlik ayol Qozog‘iston-Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tdi
Jahon | 16:31
-
AQSh va Eron munosabatlaridagi keskinlashuv. Tehronda qanday variantlar bor?
Jahon | 15:55
-
Raqobat qo‘mitasi litsenziyasiz turfirmalar faoliyatini reklama qilish taqiqlanganini eslatdi
O‘zbekiston | 15:04
-
Samarqandda Imom Moturidiy yodgorlik majmuasini kengaytirish uchun 217 ta turarjoy binosi buziladi
O‘zbekiston | 14:48
Mavzuga oid

11:37 / 01.04.2025
“Xavf tug‘diryapti” - Tramp Oq uydagi salkam 200 yillik magnoliya daraxti kesib tashlanishini aytdi

19:46 / 09.03.2025
Oq uy yaqinida otishma sodir bo‘ldi

09:04 / 01.03.2025
Oq uydagi mojaro: AQSh siyosatchilarining fikri ikkiga bo‘lindi

00:53 / 25.02.2025