Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Litsey bitiruvchilariga mutaxassislik berilgani to‘g‘risida sertifikat taqdim etiladi
Prezidentning 2941-sonli qarori bilan 2017/2018 o‘quv yilida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi. Bu haqda norma.uz xabar bergan.
Hududiy bandlik tuzilmalarini, mehnat bozorida ishchi kuchiga talab va taklifning muvozanatini tanqidiy tahlil qilish asosida, shuningdek akademik litseylar bosqichma-bosqich kasb-hunar kollejlariga aylantirilishini inobatga olib, kelayotgan o‘quv yiliga qator o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari qayta ixtisoslashtiriladi. Ularning ro‘yxati ushbu havolada keltirilgan.
Tasdiqlangan qabul qilish kvotalariga binoan 2017/2018 o‘quv yilida mamlakatdagi akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari umumta'lim maktablarining 467 019 nafar bitiruvchilarini qabul qiladi. Shu tariqa, umumta'lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari respublikadagi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘qishga to‘liq qamrab olinadi.
Qabul qilishning umumiy parametrlari, shuningdek hududlar kesimida qabul qilish kvotalarini yuklab olish.
Shu bilan birga Vazirlar Mahkamasining 1 maydagi 251-son qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi to‘g‘risida nizom»ga o‘zgartirishlar kiritilgan.
O‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalarida guruhlarni to‘ldirish quyidagicha tabaqalandi: akademik litseylarda — 26 nafargacha, kasb-hunar kollejlarida — 30 nafargacha o‘quvchilar doirasida.
Shuningdek, akademik litseylar bitiruvchilariga diplom bilan birgalikda maxsus chuqurlashtirilgan tayyorgarlikni talab etmaydigan mutaxassislik bo‘yicha davlat namunasidagi sertifikat berilishi belgilandi. Mazkur hujjat litsey yoki kollejni tamomlaganlik to‘g‘risidagi diplom bilan bir qatorda OTMga o‘qishga kirish yoki ishga joylashish huquqini beradi.
Eslatib o‘tamiz, bunday mutaxassisliklar ro‘yxati prezidentning shu yil 14 martdagi 2829-sonli qarori bilan tasdiqlangan.
Mavzuga oid
09:30 / 15.06.2026
Endi o‘qishni ko‘chirishda ham sertifikatlar uchun ball beriladi
15:20 / 14.03.2026
Bo‘lajak o‘qituvchilar kasbiy sertifikatlashdan ixtiyoriy tarzda o‘tishi mumkin
22:24 / 01.03.2026
O‘qituvchilarning amaldagi sertifikatlari muddati tugamagunicha malaka toifasi tushirilmaydi – vazirlik
12:38 / 13.02.2026