Mazkur tartibni joriy etiş Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 2 fevraldagi 87-son qaroriga tegişli özgartirişlar kiritiş orqali amalga oşirilişi közda tutilgan. 

Taklif etilayotgan yangi tartibga muvofiq, 2028-2029 öquv yilidan boşlab Özbekiston milliy pedagogika universitetining, 2029-2030 öquv yilidan esa Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi tasarrufidagi pedagogika oliy ta’lim taşkilotlarining xalqaro ta’lim dasturlari joriy etilgan bakalavriat ta’lim yönalişlari bitiruvçi kurs talabalariga uşbu imkoniyat taqdim etiladi.

Yangi tartibga köra, bitiruvçi talabalar yakuniy davlat attestatsiyasidan ötiş bilan birga kasbiy sertifikatlaş sinovlarida ham qatnaşişi mumkin. Agar ular uşbu sinovlarni muvaffaqiyatli topşirsa, mutaxassis öqituvçi lavozimida işlaş huquqini beruvçi kasbiy sertifikatga ega böladi.

Bu yangilik pedagogika sohasida faoliyat boşlamoqçi bölgan yoşlar uçun muhim ahamiyatga ega. Çunki amalda davlat yoki nodavlat oliy ta’lim taşkilotini tamomlab, maktabga pedagogik kasb böyiça birinçi marta işga qabul qilinayotgan öqituvçilardan bir yil içida kasbiy sertifikat oliş talab etiladi. Yangi mexanizm esa uşbu jarayonni ança yengillaştirib, bitiruvçilarga mehnat faoliyatini boşlaş arafasidayoq zarur hujjatni qölga kiritiş imkonini berişi mumkin.

Bu amaliyot pedagog kadrlar tayyorlaş sifatiga ijobiy ta’sir körsatişi, bölajak öqituvçilarning kasbiy tayyorgarlik darajasini ertaroq aniqlaş hamda ta’lim muassasalariga malakali kadrlarni jalb etiş jarayonini yanada takomillaştirişga xizmat qiladi.