Jahon | 19:23 / 10.05.2017
3456
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev Qozog‘istonda parvozlar xavfsizligini kuchaytirish bo‘yicha qonunni imzoladi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev "Qozog‘iston respublikasining havo kengliklaridan foydalanish va aviatsiya faoliyatiga doir ayrim qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

Yangi qonun "havo kengliklaridan foydalanish hamda aviatsiya faoliyati bilan bog‘liq milliy qonunchilikni Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti standartlari bilan muvofiqlashtirish, parvozlar xavfsizligini oshirish va aviatsiya faoliyatini boshqarish samaradorligini oshirish"ga qaratilgan. 

Qonun havo kengligidan foydalanish va aviatsiya faoliyati sohasida nazorat hamda tekshiruvni kuchaytirish, parvozlarning yuqori xavfsizligini ta'minlashni ko‘zda tutadi. 

Hujjatda, shuningdek, fuqaro aviatsiyasi bo‘yicha davlat organining sohaga notijorat tashkilotlarini jalb etish, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish borasida vakolatlariga aniqlik kiritilgan va to‘ldirilgan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid