Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Och qolgan mahbuslar tasvirlangan reklama sabab Pizza Hut'ga boykot e'lon qilindi
Foto: TJournal
Falastin hududi aholisi Pizza Hut'ning Isroil bo‘limini "Fath" va "Xamas"ning och-nahor terrorchilari ustidan kulishga urinishda aybladi. Yaqin Sharqning qisman tan olingan davlatidagi ba'zi fuqarolar pitstseriyalarning butun dunyodagi tarmoqlariga boykot e'lon qilishga chaqirdi. "Al-Jazira"da shu haqida xabar berildi.
9 may kuni Pizza Hut'ning Isroil bo‘limi Facebook'da bir necha o‘n teraktlarni uyushtirish va besh qotillikda ayblangan jangarilar yetakchisi Marvan Bargutiyning suratini chop etdi. Isroil Qamoqlar boshqarmasi ma'lumotlariga ko‘ra, Bargutiy pechene va shokolad iste'mol qilib, ochlik ahdini ikki marta buzgan.
Franshiza vakillari Isroil hukumati tomonidan chop etilgan videodan kadr olib, uni biroz tahrirdan o‘tkazishdi. Ushbu surat Pizza Hut mahsulotiga o‘tishni taklif qiluvchi firma qadog‘idagi pitssa bo‘lagi tasviri yoniga qo‘shilgan.
Falastinliklar Pizza Hut'ni och-nahor mahbuslar ortidan pul ishlashda va irqchilikda ayblashdi hamda pitstseriyalar transmilliy tarmog‘iga boykot e'lon qilishga chaqirishdi.
"Boykot, begonalashuv va sanksiyalar" xalqaro aksilisroil harakati Twitter foydalanuvchilari tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.
Oxir-oqibat Pizza Hut sahifasi muharrirlari bu tasvirni o‘chirib, folloverlardan uzr so‘rashdi. Ular shuningdek chop etilgan yozuv brend qadr-qiymatiga muvofiq emasligini aytishdi.
Mavzuga oid
21:02
Isroil G‘azoda garovdagi so‘nggi odamning jasadini topdi va qaytardi
13:29 / 22.01.2026
Isroil yana G‘azoga zarba berdi: 11 nafar falastinlik o‘ldirildi
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
13:11 / 19.01.2026