Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pekin va London olimpiadalarida qatnashgan o‘zbekistonlik sportchilarda doping aniqlandi
Xalqaro olimpiya qo‘mitasi 2008 va 2012 yillarda Pekin hamda London shaharlarida o‘tkazilgan Olimpiadalarda ishtirok etgan 63 sportchida doping aniqladi. Bu haqda Norvegiyadagi NRK telekanali saytida xabar qilindi.
Doping test natijalari ijobiy chiqqan 63 sportchidan 15 nafari bu olimpiadalarda oltin medal olgan sportchilardir.
Doping test natijalari ijobiy chiqqan sportchilar orasida O‘zbekiston, Rossiya, Belarus, Bahrayn, Xorvatiya, Turkiya, Armaniston, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Moldaviya, Ukraina, Gruziya, Yamayka, Xitoy, Gretsiya, Ispaniya, Kuba, Germaniya va Qatar vakillari bor.
Bundan oldinroq XOQning kommunikatsiyalar bo‘yicha komissiyasi a'zosi Alen Lyuntsenfixter o‘z tvitteri orqali 2008 va 2012 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan 182 nafar sportchining doping namunasi ijobiy natija bergani haqida yozgandi. Ularning 103tasi yengil atletikachilar va 50tasi og‘ir sport turlari bilan shug‘ullanuvchilar orasida aniqlangani aytilgandi.
XOQ sportchilarning doping namunalarini saqlash muddatini sakkiz yildan o‘n yilga uzaytirish xususida qaror qabul qilganidan so‘ng, 2008 yildan boshlab barcha namunalar qayta tekshirilishi haqida e'lon qilgan edi.
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston 2008 yilgi Pekin Olimpiadasiga 56 nafar sportchi yuborgan, unda 1 oltin (Artur Taymazov), 2 kumush (Abdullo Tangriyev, Soslan Tigiyev) hamda 3 bronza (Anton Fokin, Rishod Sobirov, Yekaterina Xilko) qo‘lga kiritilgandi.

2012 yili London shahri mezbonlik qilgan Olimpiadada esa 53 nafar sportchi O‘zbekiston sharafini himoya qildi. Yakunda bitta oltin (Artur Taymazov) hamda ikkita bronza medal olindi (Rishod Sobirov va Abbos Atoyev). Soslan Tigiyev olgan bronza medal esa 2012 yili doping tufayli qaytarib olingan va boshqa sportchiga berilgandi.
Sayt xabariga ko‘ra, O‘zbekistonning 2008 yilgi Olimpiadada qo‘lga kiritilgan bitta oltin va bitta kumush medali shubha ostida - Artur Taymazov va Soslan Tigiyev.

Mavzuga oid
17:53 / 14.11.2025
Olimpiada chempioni Lazizbek Mullajonov doping tufayli 3 yilga chetlatildi
21:35 / 03.10.2025
Ramazon Temirov bir yilga diskvalifikatsiya qilindi
20:54 / 08.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
21:59 / 06.08.2025