Jahon | 12:54 / 10.05.2017
15085
2 daqiqa o‘qiladi

Pxenyan AQShning evakuatsiya bo‘yicha mashqlarini "urushning boshlanishi" deb atadi

Foto: RIA "Novosti"

Vashingtonning joriy yil iyunida Janubiy Koreyadagi amerikalik fuqarolar evakuatsiyasi bo‘yicha mashqlar o‘tkazish haqidagi qarori “urushning boshlanishi”. Bu haqda KXDR ma'lum qildi. Pxenyanning bunday pozitsiyasi “Nodon sinmun” gazetasida e'lon qilindi hamda u Vashingtonning iyunda, ya'ni, odatdagidan ikki oy vaqt avval amerikalik fuqarolar, jumladan harbiy xizmatchilarning Janubiy Koreyadagi oilasi evakuatsiyasi bo‘yicha mashqlar o‘tkazish haqidagi qaroriga javoban bildirildi.

Bunday qaror “Pxenyanni qo‘rqitishni maqsad qilgan” hamda “AQSh istalgan paytda urushga kirishi mumkinligini” ko‘rsatadi, deya ta'kidlaydi nashr. "Nodon sinmun"ning ogohlantirishicha, Vashington "faqatgina Janubiy Koreyada bo‘lganlar xavfsizligi haqida emas, balki AQShning qit'a qismidagi yuz millionlab amerikaliklarni qutqarish bo‘yicha choralar ko‘rishi kerak".

AQSh va KXDR diplomatik munosabatlarga ega emas. Ular o‘rtasida siyosiy darajada uzoq yillar davomida keskinlik bor. Vashingtonning Pxenyandagi manfaatlari Shvetsiya elchixonasi tomonidan taqdim etiladi.

Davlat departamenti esa Shimoliy Koreyada AQShning to‘rtinchi fuqarosi qo‘lga olinganidan so‘ng amerikaliklarni bu davlatga bormaslikka chaqirdi.

"Davlat departamenti AQSh fuqarolariga Shimoliy Koreyaga bormaslikni tavsiya etadi, - deya ta'kidlanadi davlat departamentining seshanba kuni tarqatilgan xabarida. – Shimoliy Koreyada AQSh fuqarolari hibsga olinish va uzoq vaqt qamoqda saqlanish bo‘yicha jiddiy xatarga duch kelmoqda".

Avvalroq, ushbu mamlakatda 6 may kuni AQShning asli kelib chiqish koreyalik bo‘lgan fuqarosi Kim Xak Son qo‘lga olingani haqida xabarlar tarqaldi. Uni qo‘poruvchilik faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilishmoqda. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid