Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Si Jingpin Janubiy Koreya yangi prezidentiga taklif bilan chiqdi
Xitoy xalq respublikasi raisi Si Jingpin Janubiy Koreyaning yangi prezidenti Mun Je Inga yuborgan tabrik xatida ikki davlat o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni o‘zaro tushuntish va hurmat asosida hal qilishga tayyor ekanini bildirdi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bergan.
"Xitoy Janubiy Koreya tomoni bilan ikki tomonlama munosabatlarda qiyinchilik bilan erishilgan natijalarni o‘zaro tushunish, hurmat asosida himoya qilishga tayyor. Shuningdek, siyosiy o‘zaro ishonch, kelishmovchiliklarni hal qilish, hamkorlikni mustahkamlash, ikki tomonlama munosabatlarni sog‘lom va barqaror rivojlantirish tarafdori", - deya ma'lum qilgan Si Jingpin.
Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Xitoy Janubiy Koreya bilan munosabatlarga har doim muhim e'tibor qaratgan va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi.
Xitoy va Janubiy Koreya munosabatlarida keskinlik, Seul o‘z hududida Amerikaning THAAD raketalarga qarshi mudofaa tizimini joylashtirishga qaror qilganidan so‘ng paydo bo‘ldi. Xitoy bunga keskin qarshi chiqdi hamda bu mintaqadagi kuchlar strategik muvozanatini buzishi va uning xavfsizligiga rahna solishi mumkinligi haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid
22:32 / 17.06.2026
Tramp Rossiya va Xitoyni «butun dunyoni portlatib yubormaslik» uchun yadroviy kelishuvga chaqirdi
20:41 / 17.06.2026
Xitoyning yirik neft-gaz kompaniyasi top-menejeri pora uchun o‘limga hukm qilindi
17:47 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Xitoyning yetakchi kompaniyalari va moliya institutlari delegatsiyasi bilan uchrashdi
09:56 / 16.06.2026