O‘zbekiston | 13:44 / 10.05.2017
4828
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbek kompaniyalari o‘z mahsulotlarini Latviyaga eksport qilish imkoniyatlarini muhokama qiladi

Foto: Baltnews

Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Latviyaga tashrif bilan boradi. Bu haqda UzDaily xabar berdi. Tashrif doirasida Riga shahrida biznes-seminar va O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.

Mazkur ko‘rgazmada oziq-ovqat, to‘qimachilik, vinochilik, teri-poyabzal, elektrotexnika mahsulotlari va qurilish materiallari taqdim etiladi.

Ko‘rgazma davomida O‘zbekiston kompaniyalariga o‘z mahsulotlarini latviyalik xaridorlarga namoyish etish, mazkur mamlakatdagi ulgurji va savdo kompaniyalari bilan aloqalar o‘rnatish, shuningdek, Latviya va Boltiqbo‘yi davlatlariga mahsulotlar yetkazish shartlarini va eksport shartnomalari tuzish masalasini muhokama qilish imkoniyati yaratiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid