Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbek Tigers’ning kubaliklarga qarshi tarkibi ma'lum
Foto: Kun.uz
WSB chorak finalida Kubaning Cuba Domadores jamoasiga duch kelgan Uzbek Tigers jamoasi 13 may kuni Samarqandda birinchi janglarni o‘tkazadi.
Boks federatsiyasi matbuot xizmati «Kun»ga Samarqandda ringga ko‘tariladigan o‘zbekistonlik bokschilar nomini ma'lum qildi.
-49 kg: Hasanboy Do‘stmatov
-56 kg: Murod Ahmadaliyev
-64 kg: Iqbol Xoldorov
-75 kg: Isroil Madrimov
-91 kg: Sanjar Tursunov
Javob bellashuvlari 19 mayga belgilangan.
Mazkur musobaqa o‘zbekistonliklar uchun hisob bo‘yicha ikkinchisidir. Bir yil avval Uzbek Tigers debyut mavsumida yarim finalga qadar yetib borgan bo‘lib, final ostonasida aynan Cuba Domadores’ga imkoniyatni boy bergandi. Keyinchalik kubaliklar chempion bo‘lishgandi.
Agar Uzbek Tigers jiddiy raqibga qarshi ikkitalik jangda g‘alaba qozonsa, yarim finalda Italia Thunder - Colombia Heroicos juftligi g‘olibiga qarshi ringga ko‘tariladi.
Yarim final uchrashuvlari 9-10 va 23-24 iyunga mo‘ljallangan. Final 30 iyun va 1 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
13:24 / 26.03.2026
Yangilangan Imom Buxoriy majmuasidan reportaj
11:26 / 23.03.2026
Urgutda kuchli yomg‘ir oqibatida sel hodisasi kuzatildi
08:57 / 19.03.2026
Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda qo‘lga olindi
08:52 / 19.03.2026