Jahon | 09:23 / 10.05.2017
7098
3 daqiqa o‘qiladi

WP: AQSh 2016 yilda IShIDga qarshi keng qamrovli kiberhujum uyushtirdi

Foto: Getty Images

Amerika harbiylari 2016 yil noyabr oyida IShID guruhiga qarshi keng qamrovli kiberhujumni amalga oshirdi. Unda asosan guruh a'zolarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga xuruj qilingan. Bu haqda The Washington Post (WP) gazetasi yozmoqda

Maqolada yozilgan ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh qurolli kuchlari kiberqo‘mondonligi sahifalarga kirish uchun parollarni qo‘lga kiritgan. Bu esa jangarilar tomonidan mojarolar davom etayotgan hududlarda tasvirga olingan videoyozuvlarni o‘chirish imkonini bergan. IShIDning tashviqot ishlari bo‘yicha mutaxassislari, shuningdek, o‘zlarining tarmoq akkauntlariga kirish imkonidan mosuvo qilingan. Mazkur amaliyot "Jilolanuvchi simfoniya" (Glowing Symphony) deb nomlangan bo‘lib, sobiq mudofaa vaziri Eshton Karter topshirig‘iga binoan ishlab chiqilgan. 

Amaliyot rejasi boshqa xizmatlar va boshqarmalarning tashvishini uyg‘otgan. "MRB, davlat departamenti va FQB, ushbu amaliyot boshqa mamlakatlarda ham o‘sha davlatlar hukumatlarini ogoh etmasdan o‘tkazilishidan xabar topgach, o‘z noroziliklarini bildira boshlagan. Chunki, bu kampaniya ushbu davlatlar bilan jinoyatchilik, razvedka va terrorga qarshi hamkorlik qilishni murakabblashtirishi mumkin edi", - deyiladi maqolada. 

Bu jarayon bir oydan ko‘proq vaqt muhokama qilingan. Muammo shundan iborat bo‘lganki, ayrim serverlar chegara ortida, mustaqil hududlarda joylashgan. Pentagon esa, "hech qanday zarar" bo‘lmasligini aytgan. Buning natijasida AQSh 15 mamlakatni o‘z rejasidan ogoh etgan. Biroq, amaliyot ularning 5-6tasida o‘tkazilgan. 

Shunday qilib, IShIDga qari internetdagi tashviqot ishlari noyabr oyida boshlandi va 2017 yil ham davom etmoqda. Bunda AQSh ma'muriyati ushbu amaliyotning muvaffaqiyati borasida turlicha fikrda. Mudofaa vazirligiga ko‘ra, bu kampaniya "kelajakka poydevor qo‘ygan". Razvedka esa, ishidchilar shunchaki boshqa serverlardan foydala boshlaganini ta'kidlamoqda. 

Mavzuga oid