Jahon | 19:06 / 11.05.2017
7472
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Xitoy va AQShga boradi

Foto: Anadolu

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 14-15 may kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan «Bir makon, bir yo‘l» forumida ishtirok etadi.

Turkiya prezidenti ma'muriyatining ma'lumotiga ko‘ra, u tashrif doirasida Xitoy rahbari Si Jinping bilan uchrashishni rejalashtirgan.

14 may kuni Turkiya rahbari forum doirasida tashkillashtiriladigan oliy darajadagi uchrashuvlarda ishtirok etadi, 15 may kuni esa u Pekinda davlat rahbarlari doira stolida chiqish qiladi. Shu bilan birga u ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Bu yilgi forumda Turkiya rahbaridan tashqari 28 davlat prezidentlari va hukumat rahbarlari ishtirok etadi: O‘zbekiston, Argentina, Belarus, Chili, Chexiya, Indoneziya, Qozog‘iston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Shveytsariya, Vetnam prezidentlari, Kamboja, Efiopiya, Fiji, Yunoniston, Vengriya, Italiya, Malayziya, Mo‘g‘uliston bosh vazirlari, Myanma davlat kotibi, shuningdek, Pokiston, Polsha, Serbiya, Ispaniya, Shri-Lanka bosh vazirlari.

Erdo‘g‘an 15 maydan 17 maygacha AQShda ham davlat tashrifi bilan bo‘ladi.

16 may kuni u Vashingtonda AQSh prezidenti bilan uchrashishni rejalashtirgan. Muzokaralar tor doirada bo‘lib o‘tadi, shuningdek, delegatsiyalar ishtirokida kengaytirilgan formatdagi uchrashuv ham tashkil etiladi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid