“Fleshka” savdo markazida valyutafurushlarga qarshi maxsus tadbir o‘tkazildi
2017 yilning o‘tgan 4 oyi mobaynida jami 364 ming 570 AQSh dollari, 11 746 yevro, 663 ming 400 Rossiya rubli, 227 ming 198 tenge, 1 mlrd 299 mln va 332 mln so‘mlik boshqa turdagi valyuta mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olingan. Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Abduraximov Fatxulla Kun.uz sayti so‘rovi bo‘yicha shu ma'lumotlarni taqdim etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 4 oy mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Toshkent shahar boshqarmasi va hududiy bo‘limlari tomonidan jami 177ta holat aniqlangan. Ulardan 31tasiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va 146tasi bo‘yicha ma'muriy-huquqbuzarlik sodir etgani uchun materiallar to‘planib, sudga yuborilgan.

Xususan, departamentning Yashnobod tuman bo‘limi xodimlari tomonidan fuqaro A.ning arizasiga, asosan, Shayxontoxur tumanida joylashgan “Fleshka” savdo markazida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Doimiy ravishda noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan R. va N. ismli shaxslar o‘zaro jinoiy til biriktirib, fuqaro A.ga har bir AQSh dollarini “qora bozor” kursida 7700 so‘mdan hisoblab, 5 ming 200 AQSh dollarini qonunga xilof ravishda 40 mln so‘mga sotayotgan vaqtda Departament xodimlari tomonidan ushlangan. Ularning yonidan 16 ming AQSh dollari, 10 ming 220 yevro, 1010 Angliya funt sterlingi, 440 ming 800 Rossiya rubli ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 177-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti
Iqtisodiyot | 11:26 / 30.06.2025
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar
Jahon | 09:01 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin va Trampning suhbatidan keyin ham Rossiya Kiyevga zarba berishda davom etmoqda
Jahon | 11:06
-
Obodonlashtirish boshqarmasiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan shaxs ushlandi
O‘zbekiston | 11:05
-
Tramp Putin bilan suhbat haqida: o‘zgarish yo‘q
Jahon | 10:26
-
Toshkent tumanida joylashgan uylarning biri yonib ketdi
O‘zbekiston | 10:04
Mavzuga oid

22:56 / 20.06.2025
So‘m 5 kunda 2 foizga mustahkamlandi. Bunga nimalar ta’sir qilyapti?

16:51 / 18.06.2025
Dollarning rasmiy kursi oxirgi 10 oylikdagi eng past darajaga tushdi

15:08 / 01.06.2025
Bolgariyada valutaning yevroga o‘zgarishiga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi

22:31 / 28.04.2025