Adliya vazirligi tomonidan Özbekistonda valuta operatsiyalarini amalga oşiriş qoidalarining 28-bandiga kiritilgan özgartiriş davlat röyxatidan ötkazildi (3281-6-son, 2026 yil 16 iyul).

Amaldagi tartibga köra, “Valutani tartibga soliş töğrisida“gi qonunning 15-moddasiga muvofiq, joriy xalqaro operatsiyalar bilan boğliq hollarda çet el valutasini sotib oliş yoki sotiş çeklovlarsiz amalga oşiriladi.

Şu bilan birga, maxsus valuta hisobvaraqlariga ötkazilgan mablağlar buyurtmada körsatilgan maqsadlar uçun sarflanişi şart edi.

Ilgari bir şartnoma doirasida sotib olingan valuta mablağlaridan boşqa şartnoma böyiça foydalaniş zarurati tuğilganda, tadbirkorlar uşbu valutani avval bankka sotişi, söngra yangi maqsad uçun qayta sotib olişi talab etilardi.

Yangi özgartiriş mazkur jarayonni soddalaştirişga qaratilgan. Endi tadbirkorlik sub’yektlari içki valuta bozoridan sotib olingan valuta mablağlaridan foydalaniş maqsadini belgilangan tartibda özgartirişi mumkin böladi.

Mazkur özgartiş tadbirkorlar uçun ortiqça vaqt va xarajatlarni qisqartiriş, şuningdek, valuta operatsiyalarini amalga oşirişda qöşimça qulayliklar yaratişga xizmat qilişi kutilmoqda.