Jahon | 19:14 / 11.05.2017
8621
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniyada diktator Franko jasad qoldiqlarini boshqa joyga ko‘chirishmoqchi

Foto: AP

Ispaniya parlamenti deputatlar kongressi hukumatga diktator Fransisko Frankoning jasadini eksgumatsiya (murdani sud-meditsina ekspertizasi uchun kovlab olish) qilish va hozirgi joydan boshqa yerga ko‘chirish taklifi bilan murojaat qildi. U Madrid yaqinidagi Shahidlar Vodiysida ko‘milgan.

Ispaniyada so‘nggi yillar davomida Madriddan 60 kilometr uzoqlikda joylashgan va Franko (hukumat tepasida 1939-1975 yillarda bo‘lgan), “Ispan safi” partiyasi asoschisi Xose Antonio Primo de Rivera (partiyaning 1933-1936 yillardagi raisi), shuningdek Ispaniyadagi fuqarolar urushining (1936-1939 yillar) minglab ishtirokchilari dafn etilgan Vodiy borasida jiddiy mojarolar kelib chiqdi. Katta memorial majmuasi 1940 yilda Franko buyrug‘i bilan qurila boshlangan.

Muxolif Ispan sotsialistik ishchi partiyasi ilgari surgan taklifni kongressning 198 nafar deputati qo‘llab-quvvatladi. Matnda aytilishicha, “Tarixiy xotira to‘g‘risidagi Qonun”ga muvofiq “Fransisko Franko jasad qoldiqlarini eksgumatsiya qilish va ularni Shahidlar Vodiysidan tashqariga ko‘chirib o‘tkazish kerak”.

Bundan tashqari, parlamentariylarning fikricha, Vodiy “frankistlar va milliy-katolitsizmni yodga oladigan joy bo‘lishiga chek qo‘yish lozim”, hamda diktatorlik rejimi “qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltiradigan” joyga aylanishi darkor.

"Tashabbus diktator Fransisko Franko va uning diktaturasi, natsizm, ksenofobiyani qo‘llab-quvvatlovchi yoki himoya qiluvchi tashkilot yoki yuridik shaxsga ko‘mak yoxud davlat subsidiyasi ajratishni bekor qilishga ham yo‘naltirilgan", - deyiladi hujjatda. Ayni damda Fransisko Franko Milliy fondi kabi tashkilotlar davlat mablag‘larini oladi.

Sobiq sudya Baltazar Garson ma'lumotlariga ko‘ra, Fuqarolik urushi va diktatura vaqtida 144 ming kishi bedarak yo‘qolgan, ularning katta qismi birodarlar qabrlarida dafn etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid