Jahon | 07:46 / 11.05.2017
8434
2 daqiqa o‘qiladi

MRB Shimoliy Koreya yadroviy xavfiga qarshi kurashuvchi markaz yaratdi

Foto: Carol Highsmith / Wikipedia

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi Janubiy Koreya bilan ishlovchi markaz yaratdi. Bu markazning vazifasi Shimoliy Koreyadan bildirilayotgan yadroviy va ballistik raketa xavfi muammosini "barcha kuch, imkoniyat va vakolatlarni qo‘llab" hal qilishdan iborat. Bu haqda MRB saytida ma'lum qilindi.    

Yangi markaz razvedka hamjamiyati va AQSh maxsus xizmatlari bilan yaqindan hamkorlik qiladi.

MRB direktori Mayk Pompeoning aytishicha, markaz yaratilishi "Shimoliy Koreyadan  AQSh va uning ittifoqdoshlariga bildirilayotgan jiddiy xavflarga" maqsadga muvofiqroq kurashishga imkon beradi.

Koreya yarimorolidagi vaziyat xalqaro siyosatning eng keskin mavzularidan biri hisoblanadi. Avvalroq agar Pxenyan yana bitta yadroviy sinovni amalga oshirsa, Vashington Shimoliy Koreya harbiy obektlariga ogohlantiruvchi zarba berishga tayyorligi ma'lum qilingandi. Bunga javoban Shimoliy Koreya o‘zi ogohlantiruvchi zarba berishini aytgan.

Keyinroq Vashington Shimoliy Koreyaga diplomatik yo‘l va sanksiyalar bilan bosim o‘tkazmoqchiligini hamda Pxenyanni raketa va yadroviy dasturlardan voz kechishga majbur qilishda Xitoyni jalb qilmoqchiligini aytgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid