Prezidentning "Baliqçilik tarmoğini rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida" gi farmoni qabul qilindi.

Farmonga köra, Suv xöjaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi şaklida Baliqçilikni rivojlantiriş markazi hamda uning hududiy bölinmalari taşkil etiladi.

Sun’iy suv havzalarida baliq yetiştiruvçilar va naslçilikka ixtisoslaşgan baliqçilik xöjaliklari quyidagi tartibda kafolatlangan suv bilan ta’minlab boriladi:

Suv xöjaligi vazirligi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyat hokimliklari har yili 15 yanvarga qadar sun’iy suv havzalarida baliq yetiştiruvçilar va naslçilikka ixtisoslaşgan baliqçilik xöjaliklari töğrisidagi ma’lumotlarni Markazga kiritib boradi.

Markaz har yili 30 yanvarga qadar baliq yetiştiruvçilar va naslçilikka ixtisoslaşgan baliqçilik xöjaliklarining suvga bölgan buyurtmanomalari asosida yil davomidagi suvga bölgan ehtiyoji böyiça ma’lumotlarni oylar va sub’yektlar kesimida şakllantirgan holda Suv xöjaligi vazirligiga taqdim etadi.

Suv xöjaligi vazirligi har yili 1 martga qadar şakllantirilgan röyxatga asosan suv manbalarini körsatgan holda suv oliş limitlarining oyma-oy grafigini tasdiqlaydi.