Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatining birdaniga 6 tumanida IIB boshliqlari o‘zgardi
O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri qator lavozim tayinlovlarini amalga oshirdi, deb xabar bermoqda “Postda” gazetasi.
Xususan, Samarqand viloyatining birdaniga 6 tumani va bir shahrida IIB boshliqlari o‘zgardi.
Podpolkovnik Abduhakimov Sodiqjon Abduhakimovich – Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, mayor Abduqahhorov Ilyos Husanovich – Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Ochilov Aslamjon Nurullayevich – Nurobod tumani IIBga, podpolkovnik Sulaymonov Abdurasul Komilxonovich – Samarqand tumani IIBga, podpolkovnik Mamatqulov O‘ktam Davronovich – Payariq tumani IIBga, podpolkovnik Halimov Akram Hamidovich – Jomboy tumani IIBga, mayor Nurmamatov Elyor Tagayevich – Oqdaryo tumani IIBga boshliq etib tayinlangan.
Avvalroq Jizzax viloyatining 4 tumani va Jizzax shahrida IIBda boshliqlari o‘zgargani hamda Toshkent IIBB boshlig‘iga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlangani haqida xabar bergandik.
Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026