Jamiyat | 19:30 / 11.05.2017
11424
1 daqiqa o‘qiladi

Video: Nazarboyev universitet prezidentiga inglizchadan bilimini namoyish etdi

Foto: primeminister.kz

Qozog‘iston prezidenti matbuot xizmati Nursulton Nazarboyevning o‘z nomidagi universitet prezidenti Shigeo Katsu bilan ingliz tilida gaplashgani ko‘rsatilgan videoni namoyish etdi.

Videoda qozog‘istonliklar prezidenti Shigeo Katsudan ingliz tilida hol-ahvol so‘raganini ko‘rish mumkin.

Qozog‘iston prezidenti universitet prezidenti bilan uchrashuv vaqtida uning savoliga ham inglizcha javob qaytargan. Shundan so‘ng ular ishga o‘tishgan, Nursulton Nazarboyev Katsudan hisobotini o‘qishni so‘ragan: "Please, your report".

Universitet rahbari prezidentga "Nazarbayev Universiteti"ning 7 yillik faoliyati to‘g‘risida hisob bergan. Shigeo Katsu universitet qoshidagi tadqiqot instituti yutuqlari haqida gapirgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid