Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
13 may kuni Toshkentda ayollar velomarafoniga start beriladi
O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi 13 may kuni Velosiped sporti federatsiyasi hamda BMTning UNFPA Aholishunoslik fondi qo‘llab-quvvatlashi ostida Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida Jahon Oila kuniga bag‘ishlangan ayollar bahorgi velomarafonini o‘tkazmoqda. Tadbir “Sog‘lom ayol – sog‘lom avlod” shiori ostida o‘tkaziladi.
Velomarafonga soat 10:00da A.Qodiriy ko‘chasida start beriladi.
Umumiy masofa – 5 kilometr.
Tadbir 3 yoshga doir toifada o‘tkaziladi:
- 18 yoshdan 30 yoshgacha;
- 31 yoshdan 45 yoshgacha;
- 45 yoshdan katta.
Ishtirokchilar orasida Olimpiya o‘yinlari sovrindorlari, elchixonalar vakillari va O‘zbekiston estradasi vakillari bo‘ladi.
G‘oliblarni mukofotlash marosimidan so‘ng o‘zbek estradasi vakillari hamda raqs dastalari ishtirokida musiqiy-ko‘ngilochar dastur havola qilinadi.
Velomarafonda qatnashish bepul.
Marafonda ishtirok etishni istaganlar 13 may kuni soat 7:00 dan 9:00 gacha ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Batafsil ma'lumot uchun telefonlar: (+998 99) 820-06-68, (+998 71) 256-06-35.
Mavzuga oid
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026