Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: «Endi Xitoyga go‘sht sotamiz, mana buni yangilik desa bo‘ladi»
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning Xitoy bilan ba'zi kelishuvlarga erishgani haqida tvitterdagi mikroblogida ma'lum qildi.
«Xitoy hozirgina AQSh ularning hududida go‘sht va boshqa muhim oziq-ovqat maxsulotlarini sotishiga rozi bo‘ldi. Mana buni yangilik desa bo‘ladi»,- deb yozdi Tramp.
Oldinroq Tramp matbuotning u haqidagi yolg‘on xabarlar tarqatayotgani haqida yozgandi: «Yolg‘onchi OAVlar bugun har doimgidan faol. Men juda faol va ishi ko‘p prezident sifatida shuni aytishim mumkinki, har bir ma'lumotni aniqlashtirib yurishim imkonsiz. Balki barcha brifinglarni yig‘ishtirib, yozma bayonot berarman? Janob Komi matbuotning yozganlariga laqqa tushishdan oldin o‘ylab ko‘rishi kerak edi. Janob Komi yaxshisi bizning suhbatlarimizning yozib olingan lentasi yo‘qligiga umid qilsin. Ular tez orada OAVda chiqib ketishi ham mumkin»,- degan Tramp.
Avvalroq AQSh matbuot Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Oq Uyga tashrifini «Rossiyaning Oval stol atrofidagi raqsi» deb nomlagan va bu bilan Trampni keskin tanqid ostiga olgandi. OAV Lavrovning kelishi Komining MQB rahbarligidan ketishi bilan bir vaqtga to‘g‘ri kelganiga e'tibor bergan edi.
Tramp esa Lavrov bilan bir kunda Ukraina tashqi ishlar vaziri Pavlo Klimkinni qabul qilganini yozdi. Bu ikki vazirning Tramp bilan tushgan rasmiga «Lets make peace» (Keling, tinchlikni saqlaylik) so‘zi ilova qilingan.
Mavzuga oid
20:51 / 19.06.2026
«Italiya va men hech qachon yolvormaymiz» - Meloni Trampga keskin e’tiroz bildirdi
20:26 / 19.06.2026
Eron yana Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilganini e’lon qildi
13:35 / 18.06.2026
AQSh-Eron prezidentlari o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi
10:00 / 18.06.2026