Sport | 23:23 / 13.05.2017
4943
3 daqiqa o‘qiladi

Oliy Liga. «Lokomotiv» ta'qibchilaridan o‘zib keta boshladi

O‘zbekiston chempionatining 10-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar nihoyasiga yetdi. Turning so‘nggi uchrashuvlarga Toshkent va Muborak mezbonlik qildi.

Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda «Lokomotiv» Navoiyning «Qizilqum» jamoasini qabul qilib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uchrashuvda mehmonlar hisobni ochishi mumkin edi. Biroq Ilhom Yunusov penaltidan foydalana olmadi. Buni esa Marat Bikmayev jazoladi. 67-daqiqa Bikmayev o‘ziga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. 73-daqiqada esa Jaloliddin Masharipov tomonidan kiritilgan gol «temiryo‘lchilar» g‘alabasini mustahkamladi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Lokomotiv» hisobidagi ochkolar soni 22taga yetdi. Jamoa «Qo‘qon»dan bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda, ulardan 3 ochko oldinda bormoqda. «Qizilqum» esa 10 uchrashuvda 10 ochko to‘plab 13-pog‘onada qoldi.

Yana bir uchrashuvda «Mash'al» va «Olmaliq» jamoalari o‘zaro ro‘baro‘ kelib, nursiz durang qayd etishdi.

Oliy liga, 10-tur

«Lokomotiv» – «Qizilqum» 2:0 (0:0)
Gollar:
 Marat Bikmayev (67-pen), Jaloliddin Masharipov (73).
Noaniq penalti: Ilhom Yunusov (56, Qizilqum)
«Lokomotiv»: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Marat Bikmayev, Sardor Mirzayev, Salim Mustafoyev (Oleg Zoteyev, 61), Temur Kapadze (Quvondiq Ro‘ziyev, 79), Islom To‘xtaxo‘jayev, Shuhrat Muhammadiyev, Muhammad Kone, Diyor Turopov (Murod Bobojonov, 61), Jaloliddin Masharipov.
«Qizilqum»: Artyom Makosin, Shukurali Po‘latov, Erkin Boydullayev, Vohid Shodiyev (Azamat Allaniyozov, 76), Fayzullo Qambarov, Artur Gevorkyan, Jasur Hasanov, G‘ayrat Jumayev (Akmal Rustamov, 85), Sherali Jo‘rayev, Ilhom Yunusov, Bekzod G‘anijonov (Otabek Zokirov, 58).
Ogohlantirishlar: Islom To‘xtaxo‘jayev (20), Kaxi Maxaradze (25), Diyor Turopov (28), Temur Kapadze (56) – Erkin Boydullayev (24), Artur Gevorkyan (49).

«Mash'al» – «Olmaliq» 0:0
Noaniq penalti: 
Sardor Rahmonov (74, Mash'al)
«Mash'al»: Javohir Ilyosov, Sardor Rahmonov, Xumoyun Murtazoyev, Shahzod Shaymanov, Bobur Qosimov, Abbos Shodmonov (Iskandar Shoyqulov, 28), Zohir Qo‘ziboyev, Avaz Agaliyev, Abdulloh Olimov (Mirzakamol Kamolov, 29), Zafar To‘rayev, Igor Timanyuk.
«Olmaliq»: Xurshid Xo‘jayev, Abduqahhor Xojiakbarov, Dilshod Jo‘rayev (Shota Grigalashvili, 89), Zabihillo O‘rinboyev (Shohnazar Norbekov, 76), Farxod Musaboyev, Kamoliddin Murzoyev, Shavkat Mullajonov, Islom Inomov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Rahmatillo Berdimurodov, Vladislav Kasminin.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid