Özbekiston çempionatining 29-turidan örin olgan uçraşuvlar köp masalaga oydinlik kiritib berişi kutilmoqda. Aniqroği bugun bir vaqtda boşlanadigan ikki öyin bilan mamlakat çempioni va vitse-çempioni kim bölişi aniq bölişi kutilmoqda.
Albatta çempion masalasida faqat nazariy jihatdan «Loko» bu işni töliq bajarmagan, ammo aslida jamoa allaqaçon çempionlik masalasini hal qilib bölgan. «Dinamo»da esa bu unvonni ular rasmiylaştirişlari kerak böladi. Ammo kelgusi mavsum çempionlar ligasiga beriladigan yöllanma uçun keçayotgan kuraş juda keskin tus oldi. Endilikda «Nasaf» va «Paxtakor» bu yöllanma uçun özaro hisob-kitob qilişlari kerak böladi. OÇL yöllanmasi uçun öyinning özaro öyinda hal qilinişi esa uçraşuvga bölgan qiziqişning ortişiga va hattoki, bölajak çempion jamoa öyini emas, aynan mana yo‘ öyinning yil uçraşuvi maqomini olişiga xizmat qildi. Tribuna.Uz Özbekiston çempionatining eng muhim ikki öyini haqida batafsil töxtaldi.
ÖzPFL 29-tur
«Nasaf» - «Paxtakor»
Boş hakam: Zokirjon Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Obid Jumayev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy)
Zaxira hakami: Şuhrat Rajabov (Buxoro).
Nazoratçi: Alişer Abdullayev (Toşkent)
ÖzPFL vakili: Bobur Haydarov.
Öyin oldidan
Yuqorida aytib ötganimizdek, uçraşuv kumuş medal va xaqlaro maydon yöllanmasi sohibini aniqlab beriş kutilmoqda. Uçraşuvda mehmonlarni faqat ğalaba qoniqtiradi. «Nasaf» esa durang evaziga ham bu örnini saqlab qolişi mumkin.

«Nasaf» çempionatning keyingi ön uçraşuvida ketma-ket ğalaba qozondi. «Paxtakor»ning ğalabali seriyasi beştaga teng. Uşbu önta uçraşuvda, futbolçilarimiz raqiblari darvozasiga 27ta töp kiritişdi. Öz darvozasidan esa atigi 1ta töp ötkazib yubordi.












