11 noyabr kuni Özbekiston Futbol Federatsiyasining majlislar zalida, federatsiya va PFL rahbariyati, hamda Oliy liga futbol klublari rahbarlari iştirokida majlis bölib ötdi.

Unda 2018 yil Oliy Ligada iştirok etadigan klublar oldiga qöyiladigan talablarning asosiy jihatlari haqida söz yuritildi.

Jumladan, kelasi yildan boşlab Oliy liga klublari özlarining futbol maktablariga (akademiya) ega bölişlari, uşbu akademiyalardagi şart-şaroitlar talab darajasida bölişi, futbolçilarning jismoniy holatini yuqori saviyada uşlab turiş uçun maşğulot va trenajyor zallari mavjud bölişi zarurligi tilga olindi.

Futbol maktablarida (akademiya) U-10, U-14, U-16, U-18 yoş toifalaridagi kamida 4 ta jamoa bölişi şartligi ham ta'kidlandi.

Bundan taşqari, kelasi yildan boşlab har bir Oliy liga klubi ayollar jamoasi va mini-futbol jamoasiga ega bölişi kerakligi ham ta'kidlab ötildi.

Şuningdek, stadionlarda OAV xodimlari va muxlislar uçun yetarli şart-şaroitlar yaratilişi, xavfsizlik masalalariga alohida e'tibor qaratiş kerakligi böyiça talablar qöyildi.

Agar klublar litsenziyalaş talablarini bajarmaydigan bölsa, kelasi yili Oliy ligada iştirok etişiga yöl qöyilmasligi böyiça ogohlantirildi.

Eslatib ötamiz, avvalroq ÖFF 2018 yil ötkaziladigan Özbekiston çempionatida 12ta jamoa iştirok etişi haqida qaror qabul qilgan edi.