Jamiyat | 23:25 / 13.05.2017
4612
3 daqiqa o‘qiladi

O‘tgan haftada soliq qonunchiligini buzgan 1946 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortildi

Foto: Fotolia

Soliq nazorati natijalariga ko‘ra, o‘tgan hafta davomida soliq qonunchiligini buzgan 1946 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan, deb xabar berdi Kun.uz’ga Davlat soliq qo‘mitasi axborot xizmati.

Jumladan, binoni, inshootni yoki ularning bir qismini, turar joyni notarial tasdiqlangan shartnomasiz ijaraga yoki tekin foydalanishga bergan 21 nafar; uy-joyga doir mulk huquqini ko‘chmas mulk ka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlarda o‘z vaqtida rasmiylashtirmagan 199 nafar; daromadlar to‘g‘risida deklaratsiyani soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 169 nafar; noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullangan 110 nafar; avtomobil transportida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangan 284 nafar fuqarolar; savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzgan 421 nafar; soliq hisobotini soliq organiga o‘z vaqtida taqdim etmagan 344 nafar; debitorlik qarzi muddatlari o‘tkazib yuborilgan korxonalarning 32 nafar; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun to‘lov topshiriqnomasini xizmat ko‘rsatayotgan bankka o‘z vaqtida taqdim etmagan 81 nafar mansabdor shaxslar ma'muriy jazoga tortilgan.

Soliqqa oid huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etib, uning oqibatlarini aniqlangan paytdan boshlab o‘ttiz kunlik muddat ichida bartaraf etgan hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan, penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 849 ta tadbirkorlik sub'yektining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma'muriy javobgarlikdan ozod etilgan.

Shuningdek, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini birinchi marta sodir etib, huquqbuzarlik aniqlangan paytdan boshlab o‘ttiz kunlik muddat ichida tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan va davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplagan 131 nafar jismoniy shaxslar sudlar tomonidan ma'muriy javobgarlikdan ozod etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid