Jahon | 13:16 / 13.05.2017
2966
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada norozilik namoyishlarida qatnashgan 150 nafardan ortiq kishi qamoq jazosiga hukm qilindi

Venesuelada prezident Nikolas Maduroga qarshi norozilik aksiyalarida ishtirok etgan 150 nafardan ortiq kishi qamoq jazosiga hukm etildi. Bu haqda “Venesuela jinoiy forumi” nodavlat tashkiloti rahbari Gonsalo Imiob o‘z tvitterida xabar bergan.

“Harbiy sudlar oldida javob bergan fuqarolar (237), hamda rasman qamoq jazosiga mahkum etilgan shaxslar (155) soni oshdi”, - deb yozgan u.

Avvalroq Venesuelada taniqli dizayner va modeler Karolina Erreraning qarindoshi o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

34 yoshli tadbirkor Reynaldo Xose Erreraning jasadi 11 may kuni kechqurun topilgan. Shuningdek yana bir tadbirkor o‘ldirilgan, uning jasadi ham o‘sha yerda aniqlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid