Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyadagi aeroport shubhali paket tufayli to‘liq evakuatsiya qilindi
Britaniyaning Lids va Bradford shaharlari o‘rtasida joylashgan Lids-Bradford xalqaro aeroportida shubhali paket aniqlangandan keyin to‘liq evakuatsiya e'lon qilindi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, shubhali paket haqida xabar 13 may kuni soat 20.09da olingan. Shundan keyin aeroport qurshab olingan.
"13 may soat 20:09da politsiya Lids-Bradford aeroportida shubhali paket aniqlangandan keyin voqea joyiga chaqirtirilgan", deb ma'lum qilingan politsiyada.
Evakuatsiya sababli barcha kelayotgan samolyotlar boshqa aeroportlarga jo‘natilgan, ba'zi reyslar ushlanib qolgan. Aeroportga qo‘ngan samolyot yo‘lovchilari samolyotdan tushishlarini bir soatcha kutishlariga to‘g‘ri kelgan.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda aeroport yopiq bo‘lib, u yerda politsiya ish olib bormoqda.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026