Xitoy poytaxti Pekin şahrida xalqaro hamkorlik böyiça «Bir makon, bir yöl» strategiyasi doirasidagi oliy darajadagi forum oçildi.
Unda jami 29 davlat rahbarlari iştirok etmoqda: Xitoy, Özbekiston, Argentina, Belarus, Çili, Çexiya, Indoneziya, Qozoğiston, Keniya, Laos, Filippin, Rossiya, Şveytsariya, Turkiya, Vetnam prezidentlari, Kamboja, Efiopiya, Fiji, Yunoniston, Vengriya, Italiya, Malayziya, Möğuliston boş vazirlari, Myanma davlat kotibi, şuningdek, Pokiston, Polşa, Serbiya, Ispaniya, Şri-Lanka boş vazirlari.
Bundan taşqari, forumda AQŞ, Janubiy Koreya, KXDR, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Yaponiya vakillari, BMT boş kotibi, Xalqaro valyuta fondi boş direktori hamda Jahon banki prezidenti qatnaşmoqda. Forumning jami iştirokçilari va mehmonlari soni 130dan ortiq davlatdan kelgan 1,5 ming kişini taşkil qilmoqda.

Forumning birinçi kunida oçiliş marosimidan taşqari yalpi yiğiliş ham ötkaziladi va unda 6ta parallel mavzu muhokama qilinadi.
Ikkinçi kunda esa davlat rahbarlarining alohida uçraşuvlari ötkaziladi. Şuningdek, rahbarlarning birgalikda suratga tuşiş marosimi hamda işçi tuşlik ötkaziladi.
Forum yakunida XXR raisi Si Jingpin çiqiş qiladi.
Forum konsepsiyasi ilk bor XXR raisi Si Jinping 2013 yilning kuzida Markaziy Osiyo davlatlari va Indoneziyaga taşrif buyurganda oçiqlangan edi. «Bir makon, bir yöl»ni barpo etiş Xitoyning yangi hukumati oldiga qöyilgan muhim masalalar röyxatiga kiritilgan edi. Öşanda XXR taşqi işlar vaziri Vang Yi bu taşabbusni amalga oşiriş 2015 yilda XXR taşqi siyosiy faoliyatining «fokusi»ga aylanişi aytib ötgan edi.
Xitoy tomonidan ilgari surilayotgan uşbu taşabbusning mohiyati — Xitoy iştirokidagi mavjud mintaqaviy ikki tomonlama va köptomonlama mexanizmlar va özaro ta'sir strukturalarini mustahkamlagan holda, xalqaro hamkorlik va taraqqiyotning yangi modelini izlab topiş, şakllantiriş va ilgari surişni nazarda tutadi. Qadimiy Ipak yöli ruhiyatini rivojlantiriş va davom ettiriş asnosida «Bir makon, bir yöl» mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning yangi mexanizmlarini işlab çiqiş, jalb etilgan davlatlarning iqtisodiy ravnaq topişini rağbatlantiriş, turli sivilizatsiyalar örtasidagi turli sohalardagi madaniy ayriboşlaş va aloqalarni mustahkamlaş, şuningdek, tinçlik va barqaror rivojlanişga kömaklaşiş yotadi.
Xitoyning rasmiy ma'lumotlariga köra, «Bir makon, bir yöl» rivojlanayotgan davlatlar, jumladan, yangi iqtisodiyotlar va rivojlangan davlatlardan iborat Yevroosiyo materigining katta qismini qamrab oladi. Megaloyiha hududida juda boy resurslar zaxiralari bor, bu yerda Yer kurrasining 63 foiz aholisi istiqomat qiladi, taxmin qilinayotgan iqtisodiy miqyos esa 21 trillion AQŞ dollariga teng.













