Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostona shahrida O‘zbek-qozoq ilmiy-ijodiy ziyolilarining birinchi forumi o‘tkazildi
Forumda buyuk mutafakkirlar, shoir va olimlar, faylasuflar merosini asrab-avaylash va targ‘ib etish masalalariga e’tibor qaratildi hamda ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalasi ham muhokama etildi.
Foto: Oliy Majlis Senati
Qozog‘istonda bo‘lib turgan O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasi “Umumiy tarixiy-madaniy meros – hamkorlikning yangi ufqlari” mavzusida Ostona shahrida o‘tkazilgan O‘zbek-qozoq ilmiy-ijodiy ziyolilarining birinchi forumida ishtirok etdi.
Forumda buyuk mutafakkirlar, shoir va olimlar, faylasuflar merosini asrab-avaylash va targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, deyiladi Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabarida.
Xabarga ko‘ra, forumda, shuningdek, ilm-fan va ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalasi ham muhokama etildi.
“Forum doirasida ishtirokchilar yangi sharoitlarda madaniy turizm va kreativ industriyani rivojlantirish, yoshlarni faol jalb etgan holda festivallar, ko‘rgazmalar, kinoforumlar va boshqa gumanitar tadbirlarni o‘tkazish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
12:39 / 23.05.2026
Qozog‘istonda maktab bitiruv kechalarini restoran va kafelarda o‘tkazish taqiqlandi
22:20 / 22.05.2026
Qozog‘istonda taniqli bloger ayol plastik operatsiyadan so‘ng vafot etdi
08:20 / 20.05.2026
O‘zbekiston suv iste’moli yuqori davlatlar reytingiga kirdi
21:18 / 19.05.2026