Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saida Mirziyoyeva Qirg‘izistonda ayollarga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etdi
Bishkekda «Ayol - dunyoni yaxshilik sari o‘zgartiruvchi lider» xalqaro forumi o‘tkazildi.
O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazilgan xalqaro forum haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Bishkek shahrida o‘tgan «Ayol — dunyoni yaxshilik sari o‘zgartiruvchi lider» xalqaro forumi oilada, ishda, jamiyatda, umuman, o‘z atrofidagi hayotni o‘zgartirayotgan, qat’iyatli va kuchli ayollarni jamladi.
Bizga eng keraklisi — teng imkoniyat, davlat va jamiyat g‘oyalarimizni qo‘llab-quvvatlashi hamda o‘z kuchimizga bo‘lgan ishonch.

Va buni O‘zbekiston va Qirg‘izistondan qatnashgan, mamlakatlarimiz taraqqiyoti, o‘z huquq hamda imkoniyatlari uchun shijoat bilan kurashishni ifoda etgan spikerlar yana bir karra isbotladilar.
Muvaffaqiyatli, aqlli, tafakkurli va professional, davlatlarimiz yorug‘ kelajagini aniq ko‘ra oladigan bu ayollar orzu sari qanday intilish kerakligi va qiyinchiliklardan qo‘rqmaslik zarurligini ko‘rsata oldilar. Biz albatta birlashishimiz shart!», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.






Mavzuga oid
21:24 / 17.06.2026
O‘zbekiston investitsiyaviy salohiyatini izchil oshirib bormoqda - Saida Mirziyoyeva
17:21 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva Mixail Mishustin bilan iqtisodiy hamkorlikni muhokama qildi
09:16 / 17.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh Eksimbanki va DFC rahbarlari bilan muzokara o‘tkazdi
20:58 / 16.06.2026