Jamiyat | 23:26 / 14.05.2017
16615
2 daqiqa o‘qiladi

Useyn Bolt halok bo‘lgan do‘sti uchun qabr kovlashda yordam berdi (video)

Internetda 8 karra Olimpiya chempioni, yamaykalik mashhur yengil atletikachi Useyn Bolt o‘zining ko‘p yillik do‘sti, yo‘l-transport hodisasida halok bo‘lgan Jyeremi Meyson uchun qabr kovlashda shaxsan yordam berayotgani videosi paydo bo‘ldi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda. 

Yengil atletika bo‘yicha Buyuk Britaniya jamoasi a'zosi, balandlikka sakrash bo‘yicha Olimpiya sovrindori bo‘lgan Meyson 20 aprelda mototsiklda yo‘l-transport hodisasiga uchrab, halok bo‘lgan.   

Meyson 34 yoshda bo‘lgan. Bolt u bilan 2002 yildan beri do‘stlashib kelgan. 

Foto: DPA

Bleacher Report nashrining ma'lum qilishicha, Bolt do‘sti Yamayka poytaxti Kingstonda halok bo‘lganidan xabar topgach, voqea joyiga do‘stining yaqinlarini qo‘llab-quvvatlash uchun yetib kelgan. Meyson 21 mayda dafn etiladi. 

Meyson Yamaykada tug‘ilib, 2006 yilgacha shu davlat terma jamoasi uchun ishtirok etib kelgan. U Pekindagi 2008 yilgi Olimpiada oldidan Buyuk Britaniya terma jamoasiga o‘tgan va balandlikka sakrash bo‘yicha Olimpiya kumush medalini qo‘lga kiritgan.

Mavzuga oid