28 oktyabr, seşanba kuni «Melissa» Yamaykaning janubi-ğarbiga töğri kelgan holda orolga yopirildi. Mahalliy hokimiyat va OAV toşqinlar, köçkilar, ağdarilgan daraxtlar, uçib ketgan tomlar va katta kölamdagi elektr uzilişlari haqida xabar bermoqda. Zarar kölami hali aniqlanmoqda.

Yamaykada taxminan 15 000 nafar aholi vaqtinça boşpanaga köçirildi. 2,8 mln aholisi bor mamlakatda 530 000 ta xonadon elektrsiz qoldi. Kingston şahar hokimiyati toşqinlar sabab timsohlar odatiy yaşaş joylaridan çiqib ketişi xavfi haqida ogohlantirdi.

Dovul Yamayka hududidan bir kun vaqt içida ötib ketdi. Hozir u şimolga — Kubaga tomon harakatlanmoqda va 29 oktyabr tongida u yerga yopirilişi kutilmoqda. Orolda oldindan 735 000 kişi evakuatsiya qilingan. Şundan keyin tabiiy ofat Baham orollari sari yönaladi.

Dovul Yamaykada uç kişining, Haitida yana uç kişining va Dominikan Respublikasida bir kişining ölimiga sabab böldi. Dominikan Respublikasida yana bir kişi bedarak yöqolganlar röyxatiga qöşilgan.

Yamayka meteorologiya xizmatining ma’lum qilişiça, «Melissa» — 1851 yildan beri kuzatuvlar tarixida Yamaykaga yopirilgan eng kuçli dovul. Ofat markazida şamolning maksimal tezligi soatiga 295 kmga yetgan.

Amerikaning Associated Press agentligi hisob-kitobiga köra, bu Atlantikada quruqlikka çiqib yopirilgan dovullar orasida şamol tezligi böyiça tarixdagi ikkinçi natija, undan kuçlisi faqat 1980 yildagi «Allen» tropik siklonida kuzatilgan.