Yamaykada «Melissa» Nyu-Houp yaqinida quruqlikka çiqib, orol tarixidagi eng kuçli dovul sifatida qayd etildi, kuçli yomğir va şamollar, katta suv toşqinlari yöl va uy-joylarga zarar yetkazdi. 

Yamaykadan söng dovul Şarqiy Kubaga 3-xavf toifasida kirib bordi, Baham orollari orqali şimolga ötib, 31 oktyabr kuni, AQŞning Mayami şahri (Florida)da joylaşgan Milliy dovullar markazi - NHC (National Hurricane Center )ga köra, «qudratli post-tropik siklon»ga aylandi (sönggi rasmiy byulleten). 

Qurbonlar böyiça röyxatlar yangilanmoqda, ammo 31 oktyabr — 1 noyabr holatiga köra Karib havzasi böylab kamida 49–50 kişi halok bölgani xabar qilingan (asosan Haitida suv toşqinlari oqibatida). 

Iqtisodiy yöqotişlar yuzasidan AccuWeather va soha naşrlari umumiy zararni 48–52 mlrd dollar atrofida baholamoqda. 

Yamaykaning janubi-ğarbida ayrim aholi punktlari taşqi dunyodan uzilgan, katta elektr uzilişlari, uy-joylar, yöllar va ijtimoiy obektlar zarar kördi. 

Sinoptiklarning ta’kidlaşiça, Karib dengizidagi odatdan issiq suvlar dovulning tez kuçayişiga (rapid intensification) şaroit yaratdi. Melissa 5-xavf toifasigaça kötarilib, Atlantika tarixidagi eng kuçli quruqlikka yopirilgan dovullar safiga qöşildi. 

NHC ma’lumotida «Melissa» şimoliy Atlantikada post-tropik siklon sifatida harakatlanayotgani aytiladi. Karib havzasi davlatlarida esa qutqaruv işlari, elektr tarmoqlarini tiklaş va gumanitar yordam kölami kengaymoqda.

Foto: AP / Matias Delacroix
Foto: AP / Matias Delacroix
Foto: AP / Matias Delacroix
Foto: REUTERS/Octavio Jones