Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Peterburg davlat temir yo‘l universiteti bilan hamkorlik qiladi
2017 yil 14-18 may kunlari Peterburg davlat temir yo‘l universiteti rektori A.Yu.Panichev rahbarligidagi delegatsiya hamkorlikning keyingi yo‘nalishlarini aniqlash, temir yo‘l transportida hamkorlikdagi ishlanmalarni amalga oshirish, shuningdek kadrlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish masalalarini muhokama qilish maqsadida Toshkent shahrida bo‘ladi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” matbuot xizmati xabar berdi.
Tashrif davomida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori M.X.Rasulov, AJ boshqaruv raisi o‘rinbosari – “Toshkent metropoliteni” UK boshlig‘i O.N.Xudoyqulov bilan muzokaralar rejalashtirilgan.
Delegatsiya O‘zbekiston temir yo‘llarida loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufidagi tegishli tashkilot rahbarlari bilan uchrashadi. Munozaralar doirasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ishlanmalarni temir yo‘l va metropolitenda qo‘llash, tezyurar poyezd ekspluatatsiyasi bo‘yicha tajribasi almashish sohalarida o‘zaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan.
Delegatsiya Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamda Samarqand temir yo‘l kollejidagi o‘quv jarayoni, Toshkent va Samarqand shaharlarining diqqatga sazovor joylari bilan tanishadi.
Muzokaralar natijasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Peterburg davlat temir yo‘l universiteti, hamda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va Peterburg davlat temir yo‘l universiteti o‘rtasida hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
18:31 / 29.05.2026
Moskva-Dushanbe poyezdi harakati 6 yillik tanaffusdan so‘ng tiklanadi
19:21 / 21.03.2026
«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘lini 2030 yilda ishga tushirish rejalashtirilmoqda
18:13 / 19.03.2026
Bayram kunlari qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
17:58 / 16.12.2025