MXX pora so‘ragan davlat kadastri mutaxassisini qo‘lga oldi

O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti xodimlari Beshariq tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi mutaxassisi Zoir Oltmishov va uning hamtovog‘i – “Jasurbek T” fermer xo‘jaligi rahbari Tohir Esonovni pora olish chog‘ida qo‘lga olishdi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz.
Milliy xavfsizlik xizmati idoralariga Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida yashovchi fuqaro “A.D” ariza bilan murojaat qilgan. Uning ta'kidlashicha, “Jasurbek T” fermer xo‘jaligi rahbari T.Esonov undan 16 sotix yer olib berish uchun 5,5 ming AQSh dollarini talab qilgan.
Tezkor xodimlar ushbu ariza asosida maxsus amaliyot o‘tkazishdi, uning davomida T.Esonov 5,4 ming dollar va 800 ming so‘mni pora tariqasida olayotgan vaqtida ushlandi.
"Dastlabki tergov jarayonida Esonov ushbu summa Beshariq tumani yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi mutaxassisi Z.Oltmishovga mo‘ljallangani, u arizachiga 16 sotix yer ajratish uchun tegishli hujjatlarni taqdim etishi kerak bo‘lganini xabar qildi. Qo‘lga olingan shaxs o‘z so‘zlarini tasdiqlash maqsadida hamtovog‘iga pul mablag‘larini nazorat ostida berishga rozi bo‘ldi", - deya ta'kidlab o‘tdi MXX vakili.
Natijada Oltmishov tama qilingan summani olish chog‘ida ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Z.Oltmishov va T.Esonovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168 (Firibgarlik) va 211 (Pora berish) moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
O‘zbekiston | 19:47
-
Xorazmda uch qavatli savdo do‘konida yong‘in chiqdi
O‘zbekiston | 19:32
-
Erdo‘g‘an Turkiya Rossiya va Ukraina muzokaralarini qabul qilishga tayyor ekanini aytdi
Jahon | 19:29
-
Germaniya kansleri Ukrainaga yetkaziladigan qurol-yarog‘larga oid ma’lumotlarni maxfiylashtirdi
Jahon | 18:41
Mavzuga oid

13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi

11:13 / 31.03.2025
Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi

11:33 / 28.03.2025