Aslida çet el fuqarolari va kompaniyalariga yer qanday asoslarda ajratiladi? Zavod yoki boşqa obekt qurilişi uşbu yerning xorijiy kompaniya mulkiga ötganini bildiradimi? Şu kabi masalalarni huquqşunos Şerzod Pirmatov tahlil qiladi.

Sönggi yillarda Özbekiston va xorijiy mamlakatlar örtasidagi iqtisodiy hamkorlik sezilarli faollaşdi. Çet el kompaniyalari iştirokida sanoat, energetika, avtomobilsozlik, transport va boşqa sohalarda yirik loyihalar amalga oşirilmoqda.

Investitsiyalar hajmi oşişi bilan birga, Özbekistonda çet el kompaniyalari iştiroki kengayib, mamlakatga kelayotgan xorijliklar soni ham ortmoqda. Bu esa jamoatçilik orasida turli savollar va xavotirlarni yuzaga keltirmoqda.

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda «xorij kompaniyalari, ayniqsa, xitoyliklar Özbekiston yerlarini sotib olyaptimi?», «xitoylik investorlarga katta hududlar berib yuborilmayaptimi?» kabi savollar köp muhokama qilinmoqda. Ayrimlar yirik investitsiya loyihalari uçun yer ajratilişini mamlakat yerlarining xorijliklar qöliga ötişi sifatida baholamoqda.

Aslida xorijiy kompaniyaga yer ajratilişi nimani anglatadi? Boşqa davlat investorlari Özbekistondan yer sotib olişi mumkinmi? Zavod yoki boşqa obekt qurilişi uşbu hudud xorijiy kompaniya mulkiga ötganini bildiradimi?

Bu savollarga javob topiş uçun Özbekiston qonunçiligida yerga egalik qiliş va undan foydalaniş qanday tartibga solinganini körib çiqamiz.

Yer sotilişi va yerdan foydalaniş huquqi — ikki xil tuşunça

Yer har qanday davlat uçun eng muhim resurslardan biri hisoblanadi. Şu sababli mamlakatlarda yer munosabatlari alohida qonunçilik orqali tartibga solinadi.

Özbekiston Konstitutsiyasining 68-moddasida yer, yerosti boyliklari, suv, ösimlik va hayvonot dunyosi hamda boşqa tabiiy resurslar umummilliy boylik ekani, ulardan oqilona foydalaniş zarurligi va ular davlat muhofazasida bölişi belgilangan.

Yer bilan boğliq munosabatlar esa Yer kodeksi orqali tartibga solinadi. Qonunçilikda yerga nisbatan bir neçta huquq şakllari mavjud. Masalan, yer mulk huquqi asosida tegişli bölişi yoki undan ijara asosida foydalanilişi mumkin.