Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“O‘zbekiston madaniy merosi” kongressi mehmonlari Samarqandda
“O‘zbekiston madaniy merosi” kongressi mehmonlari ertalab charter reysi bilan Samarqand shahriga jo‘nab ketishdi. U yerda Registon maydonidagi Ulug‘bek madrasasida uch seksiya bo‘yicha yig‘ilish tashkil etilgan.
Birinchisi - «O‘zbekiston hunarmandchilik san'ati – tur va maktablar xilma-xilligi». Uning doirasida kashtachilik va gilam to‘qish, so‘zana va keramika san'atiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi, ma'ruzalar taqdim etildi. Ikkinchi seksiya - «Sharq va G‘arbni bog‘lab turuvchi ip – Buyuk Ipak Yo‘li»da qator mavzular bo‘yicha munozaralar bo‘lib o‘tdi. Uchinchi seksiya «Movaraunnahr kitob san'at» O‘zbekiston xalqlarining yozma madaniy yodgorliklari, Alisher Navoiy ijodiga bag‘ishlandi.


Shuningdek, kongress mehmonlari Samarqand yaqinidagi Konigil qishlog‘ida qog‘oz tayyorlash bo‘yicha qadimiy texnologiya bilan ham yaqindan tanishishdi. Tadbirda Samarqand va Buxorodan bo‘lgan kalligraflar va miniatyura bo‘yicha ustalar ishtirok etishdi, ular xalqaro loyiha qatnashchilariga sharq yozuvi san'atini namoyish etib berishdi.




Mavzuga oid
18:20 / 06.07.2026
Samarqand Markaziy Osiyoning «yashil shahar» namunasiga aylantiriladi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
15:39 / 03.07.2026
Samarqandda temiryo‘l o‘tkazilgan damba o‘pirildi
09:00 / 22.06.2026