21:10 / 17.05.2017
7178

Toshkent derbisida durang qayd etildi

O‘zbekiston chempionatining 11-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvlardan birida «Paxtakor» «Bunyodkor» mehmoni bo‘ldi.

Uchrashuvning 11-daqiqasida Doston Hamdamovning goli «Paxtakor» futbolchisiga tegib darvozadan o‘rin olgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Stanislav Andreyev amalga oshirgan zarba «Bunyodkor» futbolchisiga tegib golga aylandi. Jamoalar qolgan daqiqalarda boshqa gol kiritishning uddasidan chiqa olishmadi. Natijada ikki jamoa o‘yinlari tarixida sakkizinchi marta durang natija qayd etildi.

Endilikda Jasur Abduraimov shogirdlari 11 o‘yindan 15 ochko olgan holda 8-o‘rinda joylashgan, Mirjalol Qosimov qo‘lga o‘tgan «qaldirg‘ochlar» jamoasi esa 10 uchrashuvda 10 ochko olgan holda 11-o‘rinda qolmoqda.

Oliy Liga, 11-tur

«Bunyodkor» – «Paxtakor» 1:1 (1:0).
Gollar: Doston Hamdamov (11) – Stanislav Andreyev (71).
«Bunyodkor»: Murod Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akrom Komilov, Javlon Ibrohimov, Shahzodbek Nurmatov (Javohir Esonqulov), Eldor Shomurodov (Farrux Ikromov, 90+2), Doston Hamdamov, Dilshod Ahmadaliyev, Davron Umirov, Otabek Shukurov, Mirjamol Qosimov (Nurillo To‘xtasinov). 

«Paxtakor»: Aleksandr Lobanov, Adnan Oraxovats, Akbar Ismatullayev, Azim Ahmedov, Sherzod Karimov, Igor Sergeyev, Kamoliddin Tojiyev, Davron Hoshimov, Doston Ibragimov, Stanislav Andreyev, Vladimir Kozak.

Top