Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Pekinga uyuştirgan davlat taşrifi natijasi ikki mamlakat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni sezilarli kuçaytiriş böldi. Şu bilan birga, respublika ikki tomonlama munosabatlarda yeçimini kutayotgan muammolar mavjudligiga qaramay, Xitoyning «Ipak yöli» loyihasiga faolroq qöşila boşladi. Tarix fanlari nomzodi, ekspert Aleksandr Şustov şu haqda fikr yuritadi.
Pekin-2017
11-15 may kunlari Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev XXR raisi Si Jinping taklifiga binoan davlat taşrifi bilan Pekinda böldi. Mirziyoyev taşrif doirasida Xitoyning «Bir makon, bir yöl» taşabbusi bilan taşkil etilgan Xalqaro forumning savdo-iqtisodiy muhokamalarida iştirok etdi. Ş. Mirziyoyev, şuningdek, XXR raisi Si Jinping, Davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan, Xalq vakillari Umumxitoy majlisi doimiy qömitasi raisi Çjan Detszyan va boşqa rahbarlar bilan muzokaralar ötkazdi.
Aprel oyi oxirlarida Özbekiston Taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari Javlon Vahobov mazkur taşrif natijasida ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqiçga çiqariş rejalaştirilayotganini bildirgan edi.
Savdo va investitsiyalar
Toşkent va Pekinni ham ikki tomonlama munosabatlarda birinçi galda iqtisodiyot va savdo qiziqtiradi. Xavfsizlik masalalari, Afğonistondagi davomli beqarorlik tufayli qançalik muhim bölmasin, uşbu davlatlar örtasidagi aloqalarda ikkinçi darajali hisoblanadi, çunki bu borada Markaziy Osiyoda Rossiya jiddiy siyosat yuritadi.
Iqtisodiyot borasida Xitoy Rossiyani sezilarli ortda qoldirgan holda Özbekistonning asosiy hamkori bölib ulgurgan. Raqamlarga murojaat qilinganda buni yaqqol köriş mumkin. 2016 yilda Özbekistonning RF bilan mahsulot ayirboşlaş hajmi 2,7 mlrd dollarni taşkil etgan bölsa, Xitoy bilan bu raqam 4,2 mlrd dollardan iborat böldi. Şu yilning mart oyida bölib ötgan özbek-xitoy hukumatlararo qömitasi yiğilişida özaro savdo hajmini 2020 yilga borib 10 mlrd dollarga yetkaziş haqida söz borgan edi.
Şu örinda, ta'kidlaş joizki, Özbekiston va Xitoy örtasidagi munosabatlar birmunça muvozanatlidir. Bu esa sobiq SSSRning xom aşyo eksportiga ixtisoslaşgan respublikalari uçun noyob hodisadir. Özbekiston Davlat statistika qömitasiga köra, ötgan yili XXRga eksport 2 mlrd dollarni, bu davlatdan import 2,25 mlrd dollarni taşkil etgan.
Respublikada XXR iştirokida 700dan ortiq korxona faoliyat yuritsa, şundan 88tasi 100 foiz Xitoy sarmoyasi asosida barpo etilgan. Bundan taşqari, Özbekistonda 73ta Xitoy kompaniyalarining vakolatxonalari mavjud.

















