Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2022 yilga kelib O‘zbekistonda gaz ishlab chiqarish hajmi o‘sishi 53,5 mlrd kubni tashkil etadi
O‘zbekistonda 2017-2021 yillarda uglevodorodlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish bo‘yicha dastur qabul qilingan. «O‘zbekiston neft va gaz jurnali» ma'lumotiga ko‘ra, u mamlakat iqtisodiyotining uglevodorodlarga bo‘lgan talabini qondirish, neft va gaz sanoatini barqaror rivojlantirish va ishlab chiqarish hamda eksport salohiyatini oshirishga yo‘naltirilgan.
Dastur bilan uglevodorodlar ishlab chiqarish hajmini ushlab turish va oshirishni istiqbolli maydonlar va konlarda quduqlar hamda obektlar qurishni tezlashtirish, shuningdek ularni xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalar jalb etgan holda tartibga keltirish nazarda tutilgan.
Dasturni amalga oshirishning besh yillik davrida kapital xarajatlarning umumiy summasi qariyb 3,9 mlrd. dollarni tashkil etadi. 2017-2021 yillarda qazib olish darajasining o‘sishi umumiy miqdorda 53,5 mlrd. kub metr tabiiy gazni, 1,1 mln. tonna gaz kondensatini va 1,9 mln. tonna neftni tashkil etadi, deya ta'kidlaydi nashr.
«Umuman olganda, neft va gaz sohasini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan choralar nafaqat qazib olish va eksport hajmi oshayotganiga erishilayotgani, balki qayta ishlangan mahsulot ulushi ham ortib borayotganini ko‘rsatadi. Uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash bo‘yicha komplekslar qurishga oid strategiya natijasida, O‘zbekistonda ilg‘or texnologiyalarga asoslangan neft va gaz sanoati yo‘lga qo‘yildi va rivojlanmoqda», - deyiladi nashr xabarida.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026