11:59 / 18.05.2017
14535

Fransiyalik tennischi ushbu sport turidagi o‘ta murakkab tryukni bajardi (Video)

Fransiyalik tennischi Adrian Mannarino Rim shahrida “Masters” seriyasidagi musobaqa birinchi davrasida urugvaylik Pablo Kuevas bilan uchrashuvda ajoyib tennis tryukini amalga oshirdi. Ushbu holat tasvirlangan video Tennis TV’ning YouTube-kanalida e'lon qilindi.

Frantsuzning qisqartirilgan zarbasidan so‘ng, to‘p kuchli aylanma harakat tufayli kortning urugvaylik sportchi turgan qismiga tushdi, keyin esa yana ortga qaytib ketdi. Murakkab element hisob Mannarino foydasiga ikkinchi setda 1:0 bo‘lib turganida bajarildi.

Bahsda Kuevas 6:4, 7:6 hisobida g‘alaba qozondi. Urugvaylik ATR reytingida 23-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Mannarino – 47-pog‘onada.

Mavzuga oid
Top